Oʻzbekistonga 10 oyda nechta elektromobil olib kelingan?
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilning 10 oyida Oʻzbekistonga xorijdan 87 ta elektromobil import qilingan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 58 taga koʻp.
Bu yil Xitoydan – 54 ta, Koreya Respublikasidan – 12 ta, Gruziyadan – 7 ta hamda Germaniya, AQSH, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya Federatsiyasi va Chexiya Respublikasi kabi davlatlardan 14 ta elektromobil import qilingan.
Oʻzbekiston oktyabr oyida xorijdan 5 ta elektromobil sotib olgan.
Maʼlumot oʻrnida, joriy yilda import qilingan elektromobillar uchun 2,2 million AQSH dollari sarflangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring