Oʻzbekistondan Yevropaga Kaspiy va Qora dengiz orqali ilk konteyner poyezdi yoʻlga chiqdi
Foto: Illustrativ foto
16-dekabr kuni birinchi konteyner blok poyezdi Bolgariyaning Burgas portiga yuborildi. Ushbu yuk poyezdi mis konsentratidan iborat 46 ta vagon va 91 dona 20-futlik konteynerdan tashkil topgan. Konteyner poyezdi “Oʻzbekiston - Turkmaniston - Ozarbayjon - Gruziya - Bolgariya/ Yevropa” yoʻnalishi boʻylab 4 000 km dan ortiq masofani bosib oʻtadi.
Ushbu poyezd xorijiy hamkorlar Turkmanistondan - «TLST» OAJ, Ozarbayjondan - ADY Container LLC va Gruziyadan - GR Logistics and Terminals yordamida amalga oshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring