“Oʻzbekistondagi umumtaʼlim maktablarining 22 foizida sport zallari yoʻq”, — XTV
Oʻzbekistondagi umumtaʼlim maktablarining 22 foizida sport zallari yoʻq. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
10 130 ta maktabning 7 885 tasida (78 %) sport zali mavjud, qolgan 2 245 ta maktabda sport zali yoʻq. Mavjud sport zallaridan 358 tasi rekonstruksiyaga, 2078 tasi kapital taʼmirlashga muhtoj, deyiladi xabarda.
Vazirlik muammodan xabardor ekanini qayd etdi.
Soʻnggi yillarda mavjud muammolarni hal etish boʻyicha katta ishlar amalga oshirildi, bu ishlar bosqichma-bosqich mablagʻ ajratilishi bilan amalga oshirilmoqda, dedi vazirlik.
Shuningdek, 2017-2021-yillarda 296 ta sport zali qurilib, 604 ta sport zali taʼmirlandi.
Hukumat topshirigʻiga koʻra, turli vazirlik va idoralar vakillaridan maxsus ishchi guruhlar tuzilib, ular hududlardagi maktablar va sport zallari bilan bogʻliq vaziyatni oʻrganmoqda, deya xulosa qildi vazirlik.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring