Oʻzbekistondagi sartaroshxona xizmatlari narxi yil davomida qimmatladi
2025-yil noyabr oyida erkaklar sartaroshxonalari xizmatlari narxlari oktyabr oyiga nisbatan, yaʼni bir oyda oʻrtacha 0,5 foizga qimmatlashgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, ushbu turdagi xizmatlar narxi yil boshidan buyon 8,9 foizga, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan esa 9,6 foizga oshgani kuzatilgan.
Ayollar sartaroshxonalari xizmatlari narxlari esa oʻtgan oyda 0,6 foizga, yil boshidan beri 6,4 foizga, 2024-yilning shu davriga nisbatan esa 7,8 foizga qimmatlashgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring