Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlarida sanitariya-epidemiologik tekshiruvlar oʻtkaziladli
Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻiga binoan, 16-martdan 23-martga qadar mamlakatimizdagi oliy taʼlim muassasalarida sanitar-epidemiologik tekshiruvlar oʻtkaziladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda masʼul professorlar va oʻqituvchilar ishlab chiqarish amaliyotiga jalb etiladi. Ular tomonidan “Sogʻlom turmush tarzi”, “Amaliyotga jalb etilgan talabalar va klinika ordinatorlari uchun yuqumli kasalliklar, jumladan, koronavirus infeksiyasi profilaktikasi” kabi mavzularda seminar mashgʻulotlari oʻtkaziladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring