Oʻzbekistondagi “Aql markazlari” haqida bilasizmi?
“Aql markazlari” — ijtimoiy-siyosiy muammolarni oʻrganish bilan shugʻullanuvchi va mustaqil fikr hamda tavsiyalar beruvchi ekspertlik-tahliliy tashkilotlardir. Ular dunyoning rivojlangan mamlakatlarida siyosatni shakllantirishda yetakchi rol oʻynaydi, turli vaziyatlarda ekspertlik fikrlarini tavsiya qiladi: global iqtisodiy inqirozga qarshi kurashishdan tortib jangovar harakatlar tahliligacha.
Tahliliy va tadqiqot institutlari ommaviy tahlillar rivojiga imkon beradi, davlatning qarorlar qabul qilishida, islohotlarni ishlab chiqish va amalga oshirishida koʻmak beradi. “Yuksalish” umummilliy harakatining navbatdagi infografikasida xalqaro nashrlarda chop etilganlik, tadqiqotlar va ekspertlar fikri, forumlardagi ishtiroki va xalqaro reytinglarda qayd etilishi boʻyicha shakllangan Oʻzbekistonning “Aql markazlari” TOP-15 taligi bilan tanishasiz:
▪️ Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi
▪️ Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti
▪️ Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti
▪️ Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti
▪️ Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi
▪️ Huquqiy siyosat tadqiqot instituti
▪️ “Bilimlar karvoni” NNIM
▪️ “Yuksalish” umummilliy harakati
▪️ Huquqiy muammolarni oʻrganish markazi
▪️ “Maʼno” tadqiqot tashabbuslari markazi
▪️ Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markaz
▪️ Iqtisodiy rivojlanishga koʻmaklashish markazi
▪️ “Tahlil” ijtimoiy tadqiqotlar markazi
▪️ “Taraqqiyot strategiyasi” markazi
▪️ Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Maʼlumot uchun, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Pensilvaniya universiteti tomonidan tuzilgan “Global Go To Think Tank Index Report 2019” reytingida Markaziy Osiyodagi eng yaxshi 63 ilmiy-tadqiqot tahliliy institutlari orasida 10-oʻrinni egallagan. 2020-yildagi reytingda Oʻzbekistonning yana bir necha tahliliy markazlari bor: Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (26) hamda “Tahlil” ijtimoiy tadqiqotlar markazi (33).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring