Oʻzbekistonda jami 47,8 million dozadan ortiq vaksinadan foydalanildi — SSV
Foto: Риа Новости
Kecha, 24-mart kuni Oʻzbekiston hududi boʻylab 111 499 doza COVID-19ga qarshi vaksina qoʻllanildi. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 7 421 nafarni,
2-bosqich emlanganlar 18 445 nafarni,
3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 85 633 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 47 806 231 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 19 813 319 nafarni,
2-bosqichda emlanganlar 15 833 430 nafarni,
3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 12 159 482 nafarni tashkil qildi.
Kecha emlash koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni:
Samarqand viloyati (21 016 doza),
Xorazm viloyati (9 732 doza),
Namangan viloyati (9 606 doza) band qildi.
Birinchi doza bilan emlanish koʻrsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 92,3 foizga, toʻliq vaksina kursini olganlar esa 74,3 foizga yetgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring