Oʻzbekistonda yuk transportlari vaznini oʻlchaydigan nazorat tarozilarini oʻrnatish amaliyotidan foydalanish taklif etilmoqda

18:54 12 Sentyabr 2023 Siyosat
546 0

Yigʻilishda hokimlar va Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining yoʻllar uchun javobgarlik sohasini aniq chegaralash zarurligi qayd etildi.

Yoʻllarni monitoring qilishning avtomatlashgan tizimi yoʻqligi sababli qaysi yoʻldan qanday hajmda yuk oʻtayotgani haqida aniq maʼlumot yoʻq.

Xalqaro tajribada yuk transportlari vaznini oʻlchaydigan nazorat tarozilarini oʻrnatish amaliyotidan keng foydalaniladi. Shundan kelib chiqib, bunday tarozilarni mamlakatimizda ham xususiy sheriklik asosida oʻrnatish taklif qilinmoqda.

Davlatimiz rahbari tarozilardan foyda olish uchun emas, aksincha, yoʻllar sifatini taʼminlash hamda yoʻl-transport hodisalarini oldini olish maqsadida foydalanish lozimligini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер