Oʻzbekistonda yanvar-iyun oylarida 127 694,7 mlrd soʻmlik bozor xizmatlar koʻrsatilgan
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyun oylarida respublikada 127 694,7 mlrd. soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan. Bozor xizmatlarining nominal hajmi 28 861,6 mlrd. soʻmga oshgan.
Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan oʻsish surʼati 118,3 % ni tashkil etgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar hajmi:
aloqa va axborotlashtirish – 7 318,1 mlrd.
moliyaviy – 28 594,1 mlrd
transport – 30 091,6 mlrd
shu jumladan: avtotransport – 16 161,4 mlrd
yashash va ovqatlanish – 3 618,2 mlrd
savdo – 32 085,5 mlrd
koʻchmas mulk bilan bogʻliq – 3 684,7 mlrd
taʼlim sohasi – 5 411,5 mlrd
sogʻliqni saqlash sohasi – 2 259,2 mlrd
ijara – 2 643,9 mlrd
kompyuter va maishiy tovarlarni taʼmirlash – 2 137,2 mlrd
shaxsiy – 3 104,1 mlrd
meʼmorchilik, izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasi– 2 702,2 mlrd;
boshqalar – 4 044,4 mlrd soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring