Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi texnikalari ishlab chiqarish hajmi keskin tushib ketgan
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarish sanoatida 2021-yilning yanvar-may oylarida jami 173 dona traktor ishlab chiqarilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 72,2 % ga kamaygan.
Ishlab chiqarilgan traktorlar soni (yanvar-aprel oylarida):
2019-yil - 338 dona
2020-yil - 623 dona
2021-yil - 173 dona
Eslatib oʻtamiz, 2021-yilning yanvar-may oylarida qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarish sanoatida jami 283 dona kultivator ishlab chiqarilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 43,7 % ga kamaygan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring