Oʻzbekistonda Rossiyaning yana ikkita universiteti filiali ochiladi
Bu haqda Moskvada oʻtkazilgan Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishida maʼlum qilindi.
Yaqin kelajakda Rossiyaning Kosigin nomidagi dizayn va texnologiya universiteti va Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti filiallari ochilishi kutilmoqda.
Hozirda Oʻzbekistonda Rossiya universitetlarining 15 ta filiali faoliyat koʻrsatmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring