Oʻzbekistonda “Rektorlar maktabi” dasturi yoʻlga qoʻyiladi
Illyustrativ foto
Joriy yilning 16-aprel kuni Hukumatning “Yangi Oʻzbekiston” universitetida “Rektorlar maktabi” dasturini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 177-son qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2026-yil 1-iyuldan “Yangi Oʻzbekiston” universitetida davlat oliy taʼlim tashkilotlari rektori (direktori) lavozimiga nomzodlarni tayyorlash boʻyicha “Rektorlar maktabi” dasturi (Dastur) yoʻlga qoʻyiladi. Dastur davlat oliy taʼlim tashkilotlari rektori (direktori) lavozimiga nomzodlar zaxirasini shakllantirish maqsadida tashkil etiladi.
Dastur doirasida quyidagi mezonlarga mos keluvchi shaxslar ochiq tanlov asosida oʻqishga qabul qilinadi:
• 30 yoshga toʻlgan;
• kamida magistr akademik darajasiga ega;
• oliy taʼlim sohasida kamida 5-yillik ish tajribasiga ega, shu jumladan, 2-yil rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
Dastur tinglovchilarida quyidagi yoʻnalishlarda bilim va koʻnikmalar rivojlantiriladi:
• akademik, moliyaviy, ilmiy va innovatsion boshqaruv;
• sunʼiy intellekt va raqamlashtirish;
• strategik boshqaruv va transformatsiya.
Dasturning oʻquv jarayonlari masofaviy (onlayn) va ishlab chiqarishdan ajralgan holda (oflayn) 6 oygacha boʻlgan muddatda tashkil etiladi. Unga har yili 80 nafar tinglovchi qabul qilinadi.
Dastur yakunlari boʻyicha eng yaxshi natija koʻrsatgan 40 nafargacha tinglovchi Garvard universiteti (AQSH) va (yoki) boshqa xorijiy nufuzli oliy taʼlim tashkilotlariga malaka oshirishga yuboriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring