Oʻzbekistonda qariyb 475 mingta korxona faoliyat yuritmoqda
2026-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda 474,9 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni boʻyicha TOP-5 hudud:
- Toshkent shahri – 108 678 ta;
- Toshkent viloyati – 46 479 ta;
- Samarqand viloyati – 41 091 ta;
- Fargʻona viloyati – 37 846 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 30 424 ta.
Mavjud korxonalarning 403,8 mingtasi yoki 85 foizi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga toʻgʻri keladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring