Oʻzbekistonda qancha odam pensiya oladi?

09:07 10 Iyul 2020 Jamiyat
1149 0

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mamlakatimizda pensiya va nafaqa oluvchilarning sonini eʼlon qildi.

Jamgʻarma matbuot xizmati xabariga koʻra, 2020-yil 1-may holati boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi hisobida turuvchi pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 3 million 734 ming 230 nafarni tashkil qilmoqda.

Hududlar kesimida hisoblanganda ularning eng koʻp – 13,3 foizi Toshkent shahriga, 12,3 foizi Navoiy viloyatiga toʻgʻri keladi. Bu koʻrsatkich Toshkent, Buxoro, Fargʻona, Sirdaryo, Andijon, Xorazm viloyatlarida 11 foiz va undan koʻproqni tashkil qiladi. Boshqa hududlarda esa 9 foizdan 10 foizgacha.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda pensiyalarning oʻrtacha miqdori 747 ming 480 soʻmni tashkil etmoqda. 1991-yil 1-yanvardagi maʼlumotda 2 million 158 ming 995 nafar pensiya va nafaqa oluvchi qayd etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер