Oʻzbekistonda qancha maydonda sanoatbop tokzorlar barpo etilgan?
Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari, Vazirlar Mahkamasi, tegishli vazirlik, idoralar rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.
Yigʻilishda uzum yetishtirish, uni sanoat usulida qayta ishlashni rivojlantirishni tashkil qilishda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining axboroti eshitildi.
Qayd etilganidek, uzum yetishtirish, uni sanoat usulida qayta ishlash hamda rivojlantirish boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Xususan, respublikada 10 700 gektar maydonda yangi sanoatbop tokzorlar barpo etilib, shundan 2 964 gektariga tomchilatib sugʻorish tizimi joriy qilingan.
Davlat byudjetidan Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik deb yuritiladi) jamgʻarmasi orqali 2020-yilda yangi tokzorlarga tomchilatib sugʻorish tizimini joriy etish va artezian quduqlar uchun 33,4 mlrd. soʻm, 2021-yilning 9 oyida 9 mlrd. soʻm subsidiya mablagʻi ajratilgan.
Oʻzbek milliy brendi yaratish boʻyicha 110
Joriy yilning 9 oyi davomida eksport hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish maqsadida 38,8 mln. dollarlik mahsulot eksport qilingan.
Ammo amalga oshirilgan ishlar bilan birga, sohada tizimli muammolar saqlanib qolmoqda. Respublika boʻyicha yangi tokzorlar tashkil etilmagan, yaroqsiz tokzorlar yangilanmagan.
Agentlik tomonidan amaldagi qonunchilik hujjatlariga asosan litsenziyalash tartib-taomillariga rioya qilmagan holda xulosalar berilgan.
Bugungi kunda nikotinli
Koʻrilgan masalalar yuzasidan qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring