Oʻzbekistonda qancha korxona faoliyat yuritayotgani aytildi
2026-yilning 1-fevral holatiga Oʻzbekistonda 572,7 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni yillar kesimida quyidagicha (1-fevral holatiga):
- 2022-yil – 652 040 ta;
- 2023-yil – 687 166 ta;
- 2024-yil – 580 173 ta;
- 2025-yil – 525 036 ta;
- 2026-yil – 572 666 ta.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, mavjud korxonalarning soni oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 47,6 mingtaga yoki 9,1 foizga oshgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring