Oʻzbekistonda qaysi idoralar eng korrupsiyalashgani aytildi
Oʻzbekistonda eng korrupsiyalashgan idoralar qaysi?
AOKAda oʻtkazilgan matbuot anjumanida ushbu savolga Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul xodimi Bekzod Rahmonov javob berdi.
«Bugungi kunda korrupsion holatlar koʻp qayd etilishi jihatidan eng yuqori oʻrinda:
Sogʻliqni saqlash vazirligi;
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi;
Qurilish vazirligi turadi.
Mana shu tashkilotlar tizimida korrupsion holatlar koʻp uchrayapti. Bu maʼlumotlar 2020-yil davomida sodir etilgan korrupsiyaviy harakatlar tahlili asosida shakllantirilgan.
Shu uchta vazirlikni korrupsiyadan xoli idoraga aylantirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda», dedi Bekzod Rahmonov.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring