Oʻzbekistonda odam savdosi sohasidagi jinoyatlar maʼlumotlar bazasi yaratiladi

15:31 24 Noyabr 2021 Jamiyat
1109 0

Hukumat qarori bilan Odam savdosi sohasidagi jinoyatlar toʻgʻrisidagi yagona maʼlumotlar bazasini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi.

Odam savdosi sohasidagi jinoyatlar toʻgʻrisidagi yagona maʼlumotlar bazasini Ichki ishlar vazirligining Tezkor-qidiruv boshqarmasi yuritadi.

Maʼlumotlar bazasiga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:

odam savdosiga aloqador shaxslar;

odam savdosidan jabrlanganlar, gumon qilinayotgan qurbonlar - ayollar va bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularga koʻrsatilgan yordam natijalari;

jinoyat sodir etish usullari va boshqa maʼlumotlar.

Qayd etilishicha, soʻrov odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha vakolatli organlar foydalanishi uchun tezkor-qidiruv boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalariga yozma yoki elektron shaklda yuboriladi.

Soʻrov olinganidan keyin uning natijalariga javob besh kun ichida yuboriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер