Oʻzbekistonda nechta oila bor?
2025-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida jami 10 million 244 ming 241 ta oilalar mavjud. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, oilalar soni boʻyicha yetakchi hudud Fargʻona viloyati hisoblanib, unda 1 million 177 ming 396 ta oilalar roʻyxatga olingan. Undan keyingi oʻrinda 1 million 82 ming 846 ta oilalar bilan Samarqand viloyati ikkinchi, Toshkent shahri esa 1 million 11 ming 537 ta oilalar bilan uchinchi pogʻonada qayd etilgan.
Shuningdek, hududlar kesimida oilalar soni quyidagicha taqsimlangan:
- Qoraqalpogʻiston R. – 499 417 ta;
- Andijon viloyati – 946 450 ta;
- Buxoro viloyati – 615 418 ta;
- Jizzax viloyati – 370 967 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 911 917 ta;
- Navoiy viloyati – 307 744 ta;
- Namangan viloyati – 834 796 ta;
- Surxondaryo viloyati – 740 005 ta;
- Sirdaryo viloyati – 251 415 ta;
- Toshkent viloyati – 913 510 ta;
- Xorazm viloyati – 580 823 ta.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring