Oʻzbekistonda Markaziy Osiyoda yagona nano-analitik laboratoriya barpo etiladi
Chirchiq shahrida joylashgan Nodir metallar va qattiq qotishmalar zavodida “Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati” AJ va Innovatsion rivojlanish agentligi rahbariyatining uchrashuvi tashkil etildi. Bu haqda “Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati” AJ matbuot xizmati xabar qildi.
Unda Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan “Markaziy nano-analitik laboratoriya”sini hamkorlikda barpo etish, nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish ilmiy-texnologik markazi samaradorligini oshirish, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida xalqaro aloqalarni kengaytirish, shu bilan birga, oliy taʼlim muassasalari bilan ilm-fan va ishlab chiqarishni integratsiyalash ishlarini hamkorlikda tashkil etish va shu kabi qator masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv soʻnggida ikki tashkilot masʼullari tomonidan hamkorlik memorandum imzolandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring