Oʻzbekistonda limon eksporti 289 tonnaga kamaygan
Foto: Arxiv surat
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 4,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 4,1 ming tonna limon eksport qilgan.
Limon eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 289 tonnaga kamaygan.
2022-yilning 11 oyida Oʻzbekiston eng koʻp limon eksport qilgan davlatlar:
— Rossiya – 2,7 ming tonna;
— Qozogʻiston – 852 tonna;
— Qirgʻiz R. – 482 tonna.
Xorijga eng koʻp limon eksport qilgan hududlar:
— Fargʻona viloyati – 1,8 ming tonna;
— Xorazm viloyati – 631 tonna;
— Toshkent viloyati – 503 tonna;
— Namangan viloyati – 292 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring