Oʻzbekistonda kripto-valyutalar aylanmasini rivojlantirish boʻyicha Prezident qarori qabul qilindi
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga oid Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish fondi tashkil etilib, uni faoliyatiga oid tashkiliy tadbirlar, xususan vazifalari, moliyalashtirish manbalari belgilandi.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish fondi davlat-xususiy sherikchilik shartlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga oid istiqbolli va strategik muhim, shu jumladan kripto-aktivlar aylanmasi va kripto-birjalar sohasidagi loyihalarni amalga oshiradi, “blokcheyn” texnologiyasini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha mutaxassislarni tayyorlashga koʻmaklashadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring