Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 7500 nafarga yaqinlashdi
2020-yil 26-iyun soat 23:30 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7427 (+107) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 88 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 13 nafari Toshkent viloyatida (shundan 9 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 6 nafar Toshkent shahrida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida) aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 5038 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (67 foiz) sogʻaygan.
Hozirda mamlakatimizda 2369 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring