Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni keskin oshdi

23:30 09 Sentyabr 2020 Dunyo
1170 0

2020-yil 9-sentyabr soat 23:30 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 44 930 (+149) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 81 nafari Toshkent viloyatida, 36 nafari Toshkent shahrida, 30 nafari Qashqadaryo viloyatida hamda 2 nafari Navoiy viloyatida tana harorati koʻtarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 59 yoshli U.T. (erkak) hamda Chirchiq shahrida yashagan 55 yoshli Gʻ.D. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Eʼtiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 188 nafar, Toshkent viloyatida 98 nafar, Samarqand viloyatida 9 nafar, Namangan viloyatida 8 nafar, Fargʻona viloyatida 5 nafar, Xorazm viloyatida 4 nafar hamda Andijon viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 42 212 (+314) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 352 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер