Oʻzbekistonda koronavirusdan oʻlim koʻrsatkichlari nega past? —Xitoylik tibbiyot ekspertlari izoh berdi

21:40 20 Aprel 2020 Jamiyat
1576 0

Foto: O'zA

Koronavirusga qarshi kurashishda koʻmak berish uchun yurtimizga tashrif buyurgan xitoylik tibbiyot mutaxassislari Fargʻona viloyatida boʻlib, bemorlarni davolashda oʻzlarining amaliy maslahatlarini berdi. 

Ayni kunlarda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish va jilovlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Fargʻona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida mazkur kasallikka chalingan bemorlar Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan standartlar asosida davolanmoqda.

Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda viloyat hokimi oʻrinbosari Fayzullo Qosimov xitoylik delegatsiya aʼzolariga sinovli kunlardagi yaqin hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi. Xitoylik mutaxassislarga viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Odiljon Umarov viloyatga koronavirusga qarshi kurashish, COVID-19 virusiga chalingan bemorlarni davolash usullari haqida maʼlumot berdi. Hozir viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan bemorlardan 2 nafarining ahvoli ogʻir deb baholanmoqda. 4 nafari esa oʻrtacha ogʻirlikda. Qolganlarining holati kundan-kunga yaxshilanib borayotgan boʻlib, hozirga qadar 6 nafar bemor tuzalishiga erishildi.

Xitoylik shifokorlar viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidagi tibbiyot xodimlari bilan videomuloqotda boʻlib, infeksiyani davolash borasidagi tajribalari bilan oʻrtoqlashdi. Kasallikni diagnostika qilish va davolash uchun oʻz maslahatlarini berdi.. Shundan soʻng ular Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Fargʻona filialida fargʻonalik shifokorlarga himoya vositalaridan foydalanish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi.

– Biz Fargʻonaga avtomashinada keldik, – deydi xitoylik tibbiyot eksperti Li Zongfang (Li Zhongfang). – Shunga alohida eʼtibor berdikki, hududlarda karantin postlari tashkil etilgan, koʻchalarda odamlarni uchratmadik. Aholi hamjihatlikda karantin qoidalariga qatʼiy amal qilayotganining oʻzi ham bu kasallikni oldini olishda katta ahamiyatga ega. Bugun oz boʻlsa-da bu yerdagi shifokorlarga maslahatlarimizni berdik. 

Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish borasida olib borayotgan ishlar eʼtirofga loyiq. Buni raqamlardan bilsa boʻladi. Yurtingizda oʻlim koʻrsatgichi ancha past.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер