Oʻzbekistonda xizmatlar bozori 14,6 foizga oʻsdi
2025-yilning yanvar–noyabr oylarida Oʻzbekistonda koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 916 trln soʻmni tashkil etdi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi yillar kesimida quyidagicha taqsimlangan (yanvar noyabr):
- 2025-yil — 916 trln soʻm;
- 2024-yil — 735,6 trln soʻm;
- 2023-yil — 574,8 trln soʻm;
- 2022-yil — 329,3 trln soʻm;
- 2021-yil — 257,2 trln soʻm.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 14,6 foizga oshgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring