Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Farhod Mahmudov vafot etdi
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari, taniqli jurnalist Farhod Mahmudov vafot etdi. U 1973-yil Toshkent viloyati Chinoz tumanida tugʻilgan. 1996-yil Toshkent davlat universitetini tamomlagan.
2008-yil “Mehnat shuhrati” ordeni, 2018-yilda “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Farhod Mahmudov 1995-yildan buyon Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida turli lavozimlarda, prezident adminstratsiyasida faoliyat koʻrsatgan.
“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari jamoasi marhumning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring