Oʻzbekistonda karantin qachon tugatiladi?
Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi Nurmat Otabekov Oʻzbekistonda karantin qachon tugatilishi haqidagi savolga javob berdi.
“Karantin oxirigi aniqlangan bemor shifoxonaga yotqizilgandan keyin (alohidalangandan) 14 kun oʻtgandan keyin va bu holatga toʻliq ishonch hosil qilgandan keyin karantinni bekor qilish masalasi koʻrib chiqiladi”, deydi Otabekov.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda shu kungacha 173 kishida koronavirus aniqlangan. 8 kishi bu darddan butkul forigʻ boʻlgan, 2 kishi esa vafot etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring