Oʻzbekistonda insofsiz raqobat olib borayotganlarga sanksiya qoʻllaniladi
Foto: president.uz
Prezident qaroriga koʻra, 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab, quyidagilar uchun moliyaviy jarimalar joriy etiladi:
— tovar va moliya bozorida raqobatni cheklashga olib keluvchi kelishuvlar (kelishib olingan harakatlar);
— tovar va moliya bozoridagi ustun (monopol) mavqeni hamda yuqori muzokara ustunligini suiisteʼmol qilganlik, mahsulotlar narxini asossiz oshirganlik va insofsiz raqobat;
— xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishda, qoʻshib olishda va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni sotib olish boʻyicha bitimlar tuzishda raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik;
— ommaviy savdolarda raqobatga zid harakatlar amalga oshirganlik va monopoliyaga qarshi talablarni buzganlik.
Prezident topshirigʻi bilan Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga yangi tahrirdagi “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini kiritish, unda aniq miqdorlar va moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash tartibi belgilab qoʻyilishi topshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring