Oʻzbekistonda havo keskin pasayib ketishi kutilmoqda

11:13 01 Noyabr 2019 Jamiyat
1511 0

3-5-noyabrda Oʻzbekiston hududiga Gʻarbiy Qozogʻiston orqali Ural tumanlari (Yekaterinburg) ustida shakllangan sovuq va nam havo oqimi kirib keladi. Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar tarqatdi.

3-noyabrda Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida ayrim joylarga yomgʻir yogʻadi. 4-noyabrda respublika boʻyicha yomgʻir, ayrim joylarda kuchli yomgʻir yogʻadi. Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida yogʻingarchilik boʻlmaydi.

Shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 18-23 metrgacha, shiddat bilan esganda sekundiga 25-28 metrgacha yetishi kutilmoqda.

4-5-noyabrda respublika boʻyicha havo harorati kechasi 0-5 daraja iliqqacha tushib ketadi, ayrim joylarda 1-2 daraja sovuq bilan ayoz kuzatilishi mumkin, kunduzi harorati 8-13 darajagacha iliq, mamlakat shimolida harorat kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi 3-8 darajagacha iliydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер