Oʻzbekistonda har 1000 kishiga oʻrtacha 87 ta yengil avtomobil toʻgʻri kelmoqda

18:31 24 Dekabr 2022 Iqtisodiyot
1124 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda jismoniy shaxslarga tegishli jami yengil avtomobillar soni 3 051 734 tani tashkil etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida har 1000 nafar doimiy aholiga oʻrtacha 87 ta yengil avtomobil toʻgʻri kelmoqda.

Bu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 6 taga oshgan.

2022-yilning 1-yanvar holatiga MDH davlatlarida har 1000 nafar doimiy aholiga oʻrtacha toʻgʻri keladigan yengil avtomobillar soni:

— Rossiya – 328 ta

— Belarus R. – 324 ta

— Qozogʻiston – 189 ta

— Qirgʻiz R. – 161 ta

— Ozarbayjon – 128 ta

— Oʻzbekiston – 87 ta

— Tojikiston – 46 ta

Raqamlar davlatlarning rasmiy statistika maʼlumotlaridan olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер