Oʻzbekistonda Germaniya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 225 taga yetdi

11:05 01 Mart 2026 Iqtisodiyot
182 0

2026-yilning 1-fevral holatiga Oʻzbekistonda Germaniya kapitali ishtirokida jami 225 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Germaniya kapitali ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

  • Toshkent shahri – 155 ta;
  • Toshkent viloyati – 23 ta;
  • Samarqand viloyati – 16 ta;
  • Fargʻona viloyati – 6 ta;
  • Buxoro viloyati – 6 ta;
  • Namangan viloyati – 5 ta;
  • Jizzax viloyati – 4 ta;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 3 ta;
  • Qashqadaryo viloyati – 3 ta;
  • Andijon viloyati – 2 ta;
  • Navoiy viloyati – 2 ta.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, mavjud korxonalardan 106 tasi qoʻshma va 119 tasi xorijiy korxonalardir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер