Oʻzbekistonda eng koʻp va eng kam oylik kimlarga toʻlanishi maʼlum boʻldi
Illyustrativ foto
2018 yil yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida eng yuqori oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi bank sohasi xodimlarida qayd etildi, eng kami - sogʻliqni saqlash sohasida. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlarida qayd qilingan.
Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1,8 mln soʻmni (216 AQSH dollari) tashkil etdi. Bu koʻrsatkich 2017 yilning mos davriga nisbatan 25,0%ga oʻsgan.
Ish haqiga ustama, mukofot, ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi toʻlovlar kiritilgan, shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad soligʻi, ijtimoiy sugʻurta va kasaba uyushmasiga toʻlovlar ham mavjud.
Oʻzbekistonda eng yuqori daromadlar bank, sugʻurta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati sohalarida: ular bir oyda oʻrtacha 3,5 mln soʻm (420 dollar) olishadi.
Eng kam oylik ish haqi taʼlim sohasida - 1,3 mln soʻm (156 dollar) hamda sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida - 1,1 mln soʻm (130 dollar).
Savdo xodimlarining oʻrtacha oylik ish haqi 1,9 mln soʻmni (228 dollar) tashkil etdi, qurilishda - 2,2 mln soʻm (265 dollar), tashish va saqlashda - 2,5 mln soʻm (300 dollar), sanʼat, koʻngilochar va dam olish sohasida - 1,6 mln soʻm (190 dollar).
2018 yilning noyabr oyi boshida Oʻzbekiston hukumati davlat ishidagi xodimlar ish haqini oshirishga qaror qildi: oʻqituvchilarga - 10 foiz, tibbiyot xodimlariga - oʻrtacha 26,5 foiz.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring