Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 24-oktyabr kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 28,04 soʻmga koʻtarildi va 12 129,33 soʻmni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 30,08 soʻmga oshib, 14 061,53 soʻm etib belgilandi.
Rossiya rubli esa 1,16 soʻmga yuqorilab, 149,17 soʻmni tashkil etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring