Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 125 kunda ilk marta arzonlashdi
Illyustrativ foto
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 11 dekabrdan boshlab valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlari uchun xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, 1 AQSH dollari oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 2 soʻm 21 tiyinga arzonlashib, 8312 soʻm 69 tiyinga yetgan.
Yevro kursi esa 48 soʻm 21 tiyinga qimmatlashib, 9456 soʻm 46 tiyinni tashkil etmoqda.
Bir Rossiya rubli esa 1 soʻm, 37 tiyinga qimmatlashib, 125 soʻm 22 tiyinga yetgan. 1 Buyuk Britaniya funt sterlingi 23 soʻm 60 tiyinga arzonlashib, 10 578 soʻm, 67 tiyinni tashkil qilmoqda.
Maʼlumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Eslatib oʻtamiz, soʻnggi marta AQSH dollari 2018 yilning 7 avgust kunida salkam 9 soʻmga arzonlashib, 7783 soʻm 5 tiyinlik qiymatda qayd qilingandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring