Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 10200 soʻmdan oshdi

14:31 20 Iyul 2020 Iqtisodiyot
783 0

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, ertaga, 21 iyuldan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:

1 AQSH dollari 10 210 so‘m 39 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 15 so‘m 43 tiyinga qimmatlagan.

1 yevro kursi 11 666 so‘m 39 tiyinga baholanib, 148 so‘m 12 tiyinga qimmatlashdi.

Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 1 so‘m 77 tiyinga arzonlashdi. Xususan, 1 rubl 142 so‘m 11 tiyin etib belgilangan.

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер