Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 13-avgust kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 79,52 soʻmga tushdi va 12 509,83 soʻmni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 136,36 soʻmga pastladi va 14 520,16 soʻm etib belgilandi.
Rossiya rubli esa 1,09 soʻmga tushib, 156,55 soʻmni tashkil etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring