Oʻzbekistonda dollar kursi oʻsishda davom etmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, ertaga, 22-dekabrdan eʼtiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 10 473 soʻm 77 tiyinni tashkil etib, oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 10 soʻm 65 tiyinga qimmatlashdi.
1 yevro kursi 12 835 soʻm 61 tiyinga baholanib, 163 soʻm 73 tiyinga qimmatladi.
Rubl kursi oʻtgan haftaga nisbatan 63 tiyinga arzonlashdi. Xususan, 1 rubl 142 soʻm 82 tiyin etib belgilangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring