Oʻzbekistonda dollar kursi oshdi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 4-dekabr kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 31,45 soʻmga oshdi va 11 912,38 soʻmni tashkil qildi.
Yevro kursi esa 78,21 soʻmga koʻtarildi va 13 873,16 soʻm etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,11 soʻmga yuqorilab, 153,39 soʻmni tashkil etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring