Oʻzbekistonda dam olish kunlari jazirama issiq boʻladi

13:42 26 Iyul 2024 Jamiyat
404 0

Oʻzbekiston boʻyicha 27—28-iyul kunlariga ob-havo prognozi eʼlon qilindi.

Unga koʻra, dam olish kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha havo kam bulutli va juda issiq boʻladi. Hududning katta qismida havo harorati kunduz kunlari 38-43 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 44-45 darajagacha isiydi.

Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda 20-23 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda havo kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 25-27 daraja, kunduzi 39-42 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер