Oʻzbekistonda chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ochiqlandi
Illyustrativ foto
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yil 1-aprel holatiga Oʻzbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 19 072 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda. Ulardan 4 392 tasi qoʻshma va 14 680 tasi xorijiy korxonalardir.
Qayd etilishicha, soʻnggi besh yilda chet el investitsiyalari ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalarning umumiy soni 1,4 barobarga, shu bilan birga xorijiy korxonalarning jamiga nisbatan ulushi 55,5 foizdan 77 foizgacha oshgan.
Oʻzbekistonda chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni boʻyicha TOP-10 davlatlar:
• Xitoy — 5 398 ta;
• Rossiya — 3 260 ta;
• Turkiya — 2 186 ta;
• Qozogʻiston — 1 240 ta;
• Janubiy Koreya — 714 ta;
• Afgʻoniston — 655 ta;
• Ozarbayjon — 442 ta;
• Tojikiston — 427 ta;
• BAA — 425 ta;
• Hindiston — 398 ta.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring