Oʻzbekistonda bukmekerlik va totalizator faoliyat turi qonuniy emasligi maʼlum qilindi
Oʻzbekistonda bukmekerlik va totalizator kabi faoliyat turi hali ham qonuniy emas. Bu haqda Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi xabar berdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan onlayn qimor qonuniymi yoki yoʻq, aniqlashtirish maqsadida Kapital bozorini rivojlantirish agentligiga soʻrov xati yuborildi.
Agentlik 2021-yil 25-martda taqdim etgan maʼlumotda bugungi kunda litsenziyalash boʻyicha hukumatning qaror loyihalari ishlab chiqilayotganligi hamda Oʻzbekiston hududida bukmekerlik va totalizator faoliyatini amalga oshirish uchun biron-bir xoʻjalik yurituvchi subyektlarga litsenziya berilmaganligi qayd etilgan.
Yuqoridagilarga asoslanib, MJTKning 191-moddasiga va JKning 278-moddalariga muvofiq bukmekerlik va totalizator kabi faoliyat turi hali ham qonuniy emas.
Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan mahsulot toʻgʻrisida axborot tarqatish taqiqlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring