Oʻzbekistonda bolani parvarish qilish davri ish stajiga kiritiladi
Oʻzbekistonda ish stajiga bolani parvarish qilish muddati qoʻshiladi. Loyiha Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida koʻrib chiqildi.
Maʼlumotlarga koʻra, mazkur qonun loyihasida mehnat stajiga olti yoshgacha boʻlgan bolani parvarish qilish muddatini qoʻshish nazarda tutilgan. Bunday qarorning qabul qilinishi ijtimoiy himoyani kuchaytirishga xizmat qiladi.
Qayd etilishicha, Oliy Majlis majlisida koʻrib chiqilgan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq, nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha boʻlgan bolalarni parvarish qilganlik davri uchun ish stajiga qoʻshimcha belgilanadi hamda jami ish stajiga qoʻshimcha bola uchun 6 yildan ortiq boʻlmagan vaqtni tark etgan paytdan boshlab belgilanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring