Oʻzbekistonda bodring eksporti 2,2 mln. AQSH dollariga oshgan
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning toʻrt oyi davomida qiymati 5,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 4,2 ming tonna bodring eksport qilgan.
Bodring eksporti oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 2,2 mln. AQSH dollariga oshgan.
Oʻzbekiston 2021-yilning aprel oyida qiymati 1,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1,5 ming tonna bodring eksport qilgan.
2021-yilning toʻrt oyi davomida Oʻzbekiston bodring eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 2,0 ming tonna
Qirgʻiz R. – 1,5 ming tonna
Rossiya – 682,9 tonna
Tojikiston – 23,5 tonna
BAA – 0,4 tonna
Germaniya – 0,3 tonna
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring