Oʻzbekistonda 7-mart kuni havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi
Foto: Illustrativ foto
“Oʻzgidromet” 7-mart, dushanba kuni uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7 daraja iliq, kunduzi 11-13 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbiy shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring