Oʻzbekistonda 617 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi

20:22 24 Aprel 2020 Jamiyat
787 0

Namangan viloyatidan 14 nafar, Andijon viloyatidan 5 nafar bemor butkul sogʻaydi. Ular viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmalari masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Namanganda sogʻayganlarning 4 nafari erkak, 10 nafari ayollar boʻlib, barcha Namangan viloyatidan. Andijonda darddan forigʻ boʻlganlarning 5 nafari ham ayollar boʻlib, barchasi ushbu viloyatdan. Ikkita viloyatdan jami 19 nafar bemor koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 79 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.

Shunday qilib, bugun 56 nafar bemor butkul sogʻayib, ayni paytda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻaygan bemorlar 617 nafarga yetdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер