Oʻzbekistonda 31-yanvar kuni havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin 

01:27 31 Yanvar 2022 Jamiyat
1055 0

“Oʻzgidromet” 31-yanvar, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 7-9 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq; choʻl hududlarida kechasi 4-9 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq atrofida, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kuzatilmaydi Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq atrofida, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq atrofida, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq atrofida boʻladi. Koʻchki xavfi mavjud.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер