Oʻzbekistonda 29,5 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonda jami 29,5 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan. 2020-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 100,8 % ni tashkil etdi.
Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 1268,2 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 4,3 % ga teng.
Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 28271,8 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 95,7 % ga teng.
Jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 6938,6 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.
Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 17736,7 mlrd. soʻmni tashkil qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring