Oʻzbekistonda 29-avgust kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi
“Oʻzgidromet” 29-avgust, payshanba kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo bir oz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 27-29 daraja boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 28-33 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 27-32 daraja boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 27-32 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 28-33 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 25-30 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida havo bir oz bulutli boʻladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 15-20 daraja boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring