Oʻzbekistonda 27-iyul kuni harorat 45 darajaga koʻtariladi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin
Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”
Oʻzbekiston boʻylab 27-iyul kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi. “Oʻzgidromet” chorshanba kun uchun prognozlarni maʼlum qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi, kunning ikkinchi yarmida 10–12 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 25–27 daraja, kunduzi 40–42 daraja boʻladi.
Qoraqalpogʻiston, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22–27 daraja, kunduzi 32–37 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 27–32 daraja, kunduzi 38–43 daraja boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 38-43 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25–30 daraja, kunduzi 40–45 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 21–26 daraja, kunduzi 38–43 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 30–35 daraja boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring